"Roma" chempion bo‘lmaydimi? Di Kanio faqat 3 ta klubni tanladi

"Roma" chempion bo‘lmaydimi? Di Kanio faqat 3 ta klubni tanladi

"Roma" chempion bo‘lmaydimi? Di Kanio faqat 3 ta klubni tanladi
Italiyaning sobiq futbolchisi Paolo Di Kanio A Seriyada joriy mavsum qanday yakunlanishini oldindan bilishini ta\'kidladi. Uning fikricha, sovrindorlar uchligiga amaldagi chempion va Milanning ikki klubi kiradi.

Qolgan jamoalarni u bu roʻyxatda koʻrmaydi. \"Birinchi uchlikda \"Napoli\", \"Inter\" va \"Milan\" boʻladi.

Ammo ularning qaysi oʻrinni egallashini hozircha ayta olmayman\", - dedi Di Kanio pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Diqqatga sazovor jihati shundaki, soʻnggi besh yil ichida aynan shu uch jamoa chempionlikni qoʻlga kiritgani ma\'lum: ikki marta \"Napoli\" va \"Inter\", 2022 yilda esa \"Milan\" chempion boʻlgan.

Hozirda esa A Seriya turnir jadvalida Rimning \"Roma\" klubi yetakchilik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.