Messi Inter Mayamiga Timo Vernerni taklif qilmoqda

Messi Inter Mayamiga Timo Vernerni taklif qilmoqda
Inter Mayami hujumchisi Lionel Messi oʻz jamoasida Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi hujumchisi Timo Vernerni koʻrishni xohlamoqda. Germaniyalik futbolchi hozirda "RB Leyptsig"ning asosiy tarkibiga kira olmayapti va shu sababli qishki transfer oynasida klubini tark etishi kutilmoqda.

Fichajes nashrining xabariga koʻra, Messi Inter Mayami rahbariyatidan 29 yoshli hujumchini transfer qilishni soʻragan. Vernerning oʻzi ham bu oʻtishga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

"RB Leyptsig" Timo Verner transferi uchun katta tovon puli talab qilmasligi mumkin. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2026-yil yozida yakunlanadi.

Verner Angliyada Londonning "Chelsi" va "Tottenhem" jamoalarida oʻynaganidan soʻng Germaniyaga qaytgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.