Real Madrid tarbiyalanuvchisi Pas A seriyada eng yaxshi assistent bo‘ldi

Real Madrid tarbiyalanuvchisi Pas A seriyada eng yaxshi assistent bo‘ldi
Komoning yarim himoyachisi Nikolas Pas joriy A Seriyasi mavsumida eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida peshqadamlik qildi. Argentinalik futbolchi bugungi Sassuologa qarshi o‘yinda Alberto Moreno uchun golli uzatma amalga oshirdi.

21 yoshli futbolchining hozirda beshta samarali pas bilan chempionatning eng yaxshi natijasi mavjud. Bundan tashqari, Real Madrid tarbiyalanuvchisi umumiy gollar va assistlar soni bo‘yicha ham yetakchi – bu ko‘rsatkich 10 tani tashkil etadi.

Nikolas Pas o‘tgan yilning yozida Real Madriddan Komoga ko‘chib o‘tgan edi. Taxminlarga ko‘ra, mavsum yakunlangach, La Liga grandi yosh yulduzni qaytarib sotib olish huquqidan foydalanishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.