Gvardiola Krasnodarning sobiq murabbiyini maqtadi

Gvardiola Krasnodarning sobiq murabbiyini maqtadi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Premer-ligadagi Lidsga qarshi oʻyin oldidan jurnalistlar bilan suhbatda Pavlinlar jamoasi bosh murabbiyi Daniel Farkeni maqtadi. "Men Daniel Farke haqida ajoyib fikrdaman.

Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi. Men bilaman, Premer-liga doimo qiyin: yaxshi natijalar seriyasini koʻrsatishing mumkin, lekin raqiblar kuchli boʻlgani sababli yomon seriyalar boshlanishi ham ehtimoldan holi emas.

Bu juda talabchan musobaqa. Tayyor boʻlish kerak", dedi Gvardiola.

Eslatib oʻtamiz, Daniel Farke 2022 yil boshida Krasnodar jamoasini boshqargan edi, biroq bir yarim oydan soʻng klubni tark etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.