Luis Enrike Flickning oʻrnini egallashi mumkin

Luis Enrike Flickning oʻrnini egallashi mumkin

Luis Enrike Flickning oʻrnini egallashi mumkin
Ispaniya ommaviy axborot vositalarida «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flick bilan kelajakda xayrlashuv ehtimoli haqida fikrlar bildirilmoqda. Germaniyalik mutaxassisga joriy mavsumda jamoa natijalarining barqaror emasligi sababli bosim oʻtkazilmoqda.

El Nacional nashriga tayanib Transfer News Live xabariga koʻra, Flickning oʻrnini egallashi mumkin boʻlgan nomzodlardan biri sifatida «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike koʻrsatilmoqda. U avvalroq, 2014–2017 yillarda, katalon klubida faoliyat yuritgan.

Ammo manbaga koʻra, «Barselona»ning 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal ispaniyalik mutaxassisning qaytishini qoʻllab-quvvatlamayapti. Maʼlumot uchun, Luis Enrike 2023 yildan beri «PSJ»ni boshqarib kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.