Estudiantes futbol klubi jazoga tortildi


Argentina Futbol Assotsiatsiyasi \"Estudiantes\" klubiga nisbatan jazo choralarini qoʻllashga qaror qildi. Bu qaror futbolchilarning norozilik aksiyasidan soʻng qabul qilingan.
Bu haqda Ataque Futbolero nashri xabar berdi. Mamlakat chempioni deb eʼlon qilingan \"Rosario Sentral\" uchun sharafli yoʻlak tashkil etilishi chogʻida \"Estudiantes\" futbolchilari raqiblariga nisbatan hurmatsizlik koʻrsatib, ularga orqa oʻgirib olishdi.
Natijada klub prezidenti Xuan Sebastyan Veron olti oyga diskvalifikatsiya qilindi. Maydonga tushgan futbolchilar kelasi mavsumning dastlabki ikki oʻyinidan chetlatildi.
Shuningdek, jamoa sardori Santyago Nunyes uch oy muddatga sardorlik bogʻichidan mahrum qilindi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













