Nikolas Pas Italiyada porlamoqda

Nikolas Pas Italiyada porlamoqda

Nikolas Pas Italiyada porlamoqda
“Komo” jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas A Seriyada o‘z mahoratini namoyish etishda davom etmoqda. Juma kuni 21 yoshli futbolchi “Sassuolo” ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabada jamoasiga muhim yordam ko‘rsatdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Opta maʼlumotlariga koʻra, argentinalik futbolchi joriy mavsumda Yevropaning beshta yetakchi ligasida 5 ta gol va 5 ta assist ko‘rsatkichiga erishgan ikkinchi o‘yinchi bo‘ldi. Bungacha bu natijani “Bavariya” aʼzosi fransiyalik Maykl Olise qayd etgan bo‘lib, uning hozirgi koʻrsatkichi 6+6 ni tashkil qiladi.

Nikolas Pas Italiya chempionati assistlar ro‘yxatida 5 ta golli uzatma bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, yosh yulduz hisobida 5 ta gol ham mavjud.

“Komo” jamoasi A Seriyaning turnir jadvalida 13 o‘yindan so‘ng 24 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.