Ronaldu Saudiya ligasi to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinda


Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining \"Al-Nasr\" va \"Al-Halija\" jamoalari o\'rtasidagi o\'yinda yana bir gol urdi (4:1). Portugaliyalik futbolchi o\'yinning qo\'shimcha vaqtida ajoyib tarzda to\'pni darvozaga yo\'llab, yakuniy hisobni belgiladi.
Bu 40 yoshli hujumchining joriy mavsumdagi Saudiya ligasida urgan o\'ninchi goli bo\'ldi. U to\'purarlik poygasida faqat jamoadoshi Joau Felishdan (11 gol) ortda qolmoqda.
Ronaldu o\'z faoliyatidagi 1000-gol sari harakatni davom ettirmoqda. Bugungi gol uning 954-goli bo\'ldi.
\"Al-Nasr\" chempionat jadvalida to\'qqiz turdan keyin to\'qqizta g\'alaba bilan peshqadamlik qilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













