Laporta Arauʻoni qoʻllab-quvvatladi

Laporta Arauʻoni qoʻllab-quvvatladi

Laporta Arauʻoni qoʻllab-quvvatladi
Barselona prezidenti Joan Laporta Chelsi bilan boʻlgan Chempionlar ligasi oʻyinida qizil kartochka olgan himoyachi Ronald Arauʻoni tanqid qilganlarga javob berdi. \"Men Arauʻoni himoya qilishni va uni qoʻllab-quvvatlashni istayman.

U katta tanqidlarga duch keldi, bu esa adolatsiz. U maydonda bor kuchini ishga soladi.

U bizning yetakchimiz. U bu davrni bosib oʻtishi kerak.

Men unga aytdimki, biz birgamiz: gʻalaba ham, magʻlubiyat ham birgalikda boʻladi. Biz bitta jamoamiz\", – dedi Laporta Barca Universal nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-turi doirasidagi oʻyinda Barselona safarda Chelsiga 0:3 hisobida magʻlub boʻldi. Kataloniyaliklar 44-daqiqadan boshlab kamchilikda oʻynashgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.