Independiente Rivadaviya ilk kubogini qoʻlga kiritdi

Independiente Rivadaviya ilk kubogini qoʻlga kiritdi
Argentina futbolida tarixiy voqea yuz berdi. "Independiente Rivadaviya" klubi birinchi marta Argentina Kubogi sohibiga aylandi.

Ular finalda "Argentinos Xuniors" klubini penaltilar seriyasida magʻlubiyatga uchratib, gʻalabani qoʻlga kiritishdi. Mazkur o‘yinda "Independiente Rivadaviya" jamoasi ikki futbolchisi maydondan chetlatilgani sababli toʻqqiz kishi boʻlib oʻynashga majbur boʻldi.

Biroq bu holat ularning gʻalabaga boʻlgan intilishini toʻxtata olmadi. Hal qiluvchi penaltini kolumbiyalik futbolchi Sebastyan Vilya amalga oshirdi.

U gʻalabasini yaqinda vafot etgan argentinalik murabbiy Migel Anxel Russo xotirasiga bagʻishladi. "Men ushbu zarbani Migel Anxel Russoga bagʻishlayman.

U har doim menga har qanday holatda ham oldinga intilish kerakligini aytardi", - dedi futbolchi. Shu tariqa, "Independiente Rivadaviya" oʻz tarixida ilk bor kubokni qoʻlga kiritdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.