Alonso va Vinisius o‘rtasida munosabat iliqlashyapti

Alonso va Vinisius o‘rtasida munosabat iliqlashyapti

Alonso va Vinisius o‘rtasida munosabat iliqlashyapti
So‘nggi haftalarda matbuot “Real Madrid”da Xabi Alonso va ayrim futbolchilar, xususan Vinisius Junior o‘rtasida kelishmovchiliklar borligini yozib kelayotgandi. Klasikodagi almashinishdan keyingi keskin holat esa vaziyatni yanada chigallashtirgan edi.

Ammo yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Alonso jamoa ichidagi muhitni tiklashga kirishgan. U futbolchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, ular bilan qisqa suhbatlar o‘tkazdi va fikrlarini tingladi. Bu yondashuv jamoa tomonidan ijobiy qabul qilingani aytilmoqda.

Ichki muhitdagi o‘zgarish “Olimpiakos”ga qarshi YeChL o‘yinida ham sezildi. “Real” 4:3 hisobida g‘alaba qozondi vа uchrashuv yakunida Alonso bilan Vinisiusning iliq quchoqlashgani jamoada taranglik kamayganidan darak berdi.

Bu jarayon murabbiy tashabbusining natijasimi yoki g‘alaba quvonchimi — vaqt ko‘rsatadi. Ammo hozircha klub ichida ijobiy kayfiyat kuchayayotgani ko‘rinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.