Union Berlin soʻnggi daqiqalarda magʻlub boʻldi

Union Berlin soʻnggi daqiqalarda magʻlub boʻldi
Union Berlin jamoasi shanba kuni oʻz uyida boʻlib oʻtgan Bundesliga uchrashuvida muxlislarini xafa qildi. Haydenhaym bilan oʻyinda "Union" birinchi boʻlib hisobni ochdi – tanaffusga oz qolganda golni Rani Xedira urdi.

90-daqiqaga qadar tablodagi 1:0 hisobi oʻzgarmadi, biroq soʻnggi daqiqalarda mehmonlar oʻyinni oʻzgartirishga muvaffaq boʻlishdi. Stefan Shimmer va Yan Shyoppnerning gollari Haydenhaymga 2:1 hisobida gʻalaba keltirdi.

Ushbu natija Haydenhaymni Bundesliga turnir jadvalining soʻnggi pogʻonasidan 15-oʻringa koʻtardi va ular hisobida 8 ochko mavjud. Union Berlin esa 15 ochko bilan 10-oʻrinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.