Vilyarreal so'nggi daqiqalarda g'alaba qozondi

Vilyarreal so'nggi daqiqalarda g'alaba qozondi

Vilyarreal so'nggi daqiqalarda g'alaba qozondi
Ispaniya chempionatining 14-turida \"Real Sosedad\" va \"Vilyarreal\" jamoalari o\'zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda mezbonlar \"Real Sosedad\" 2:3 hisobida mag\'lubiyatga uchradi.

\"Vilyarreal\" safarda Ayose Peres va Alberto Moleyroning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan edi. \"Real Sosedad\" safida 60-daqiqada Karlos Soler hisobni qisqartirdi.

77-daqiqada rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryan maydonga tushdi. O\'yinning 87-daqiqasida Ander Barrenechea \"Real Sosedad\"ning ikkinchi golini urib, hisobni tenglashtirdi.

Ammo \"Vilyarreal\" o\'yin yakunida Alberto Moleyroning dubl orqali g\'alabani qo\'lga kiritdi. Yakuniy hisob – 2:3.

Bu \"Vilyarreal\"ning ketma-ket beshinchi g\'alabasi bo\'ldi va ular ochkolar bo\'yicha \"Real Madrid\"ni quvib yetdi. Ammo madridliklar hali o\'z uchrashuvini o\'tkazganicha yo\'q.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.