Lautaro Martines A Seriyaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi

Lautaro Martines A Seriyaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi
Milaning "Inter" jamoasi hujumchisi Lautaro Martines Italiya A Seriyasining toʻpurarlar roʻyxatida yetakchilik qilmoqda. Yakshanba kuni "neradzurri" sardori 13-tur doirasida "Piza"ga qarshi oʻyinda dubl qayd etib, jamoasiga 2:0 hisobida gʻalaba keltirdi.

Hozirgi vaqtda 28 yoshli forvard A Seriya toʻpurarlar jadvalida olti gol bilan yetakchilik qilmoqda. Uning ortidan "Milan" futbolchilari Kristian Pulishich va Rafael Leau, "Komо"dan Nikolas Pas, "Bolonya"dan Rikkardo Orsolini hamda jamoadoshi Hakan Chalhanogʻlu bormoqda.

"Inter" esa A Seriya turnir jadvalida 27 ochko bilan uchinchi oʻrinda joylashgan. Birinchi oʻrindagi "Milan"dan bor-yoʻgʻi bitta ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.