Xoylunn: Tez orada gol uraman degan umiddaman

Xoylunn: Tez orada gol uraman degan umiddaman
A Seriyaning 13-turida "Napoli" safarda "Roma"ni 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Jamoaning yagona goliga braziliyalik hujumchi David Neres mualliflik qildi.

Neapolliklarning daniyalik forvardi Rasmus Xoylunn soʻnggi ikki oydan beri gol ura olmaganiga qaramay, tez orada bu seriyani buzishiga ishonmoqda. "Albatta, men ham gol urishni xohlayman, bu mening hujumchi sifatidagi vazifam.

Ammo jamoaga boshqa yoʻllar bilan yordam berayotganimdan ham xursandman. Muhimi, gʻalaba qozonish, jamoaviy muvaffaqiyat birinchi oʻrinda turadi", – deya Xoylunnning soʻzlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Kelgusi turda "Napoli" Turinning "Yuventus" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.