Yamal: Men Messi bo'lishga intilmayman


Lamin Yamalga ko\'pdan beri \"yangi Lionel Messi\" tamgʻasi yopishtirilgan. Ammo 18 yoshli futbolchi \"Barselona\" afsonasini nusxalashga urinishdan yiroq.
\"Men Lionel Messini barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblayman, lekin u ham mening yaxshi oʻyinchi ekanligimni biladi. Agar biz bir-birimizga qarshi oʻynasak, oʻzaro hurmat boʻladi.
U mening unga oʻxshashga yoki uning oʻn raqamli libosini kiyishga intilmayotganimni biladi. Men oʻz yoʻlimni bosib oʻtishni xohlayman\", - dedi Yamal CBS\'ga.
La Liga oʻtgan tur yakunlariga koʻra, \"Barselona\" Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarilib, \"Real\"ni ortda qoldirdi. 2-dekabr, seshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi \"Atletiko\"ni qabul qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













