Serxio Ramos Yevropa grandiga o'tishi mumkin

Himoyachi Serxio Ramos 2026-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida ishtirok etishni maqsad qilgan. 39 yoshli futbolchi musobaqada qatnashish uchun qishki transfer oynasida Yevropaning nufuzli klubiga qaytishga umid qilmoqda.
Ramosning agentlari futbolchini bir necha klublarga taklif qilmoqda. Ular orasida Italiya Serie A grandlaridan biri "Milan" ham bor.
Bu haqda MilanNews xabar berdi. Agar Ramos "Milan"ga o'tsa, u sobiq jamoadoshi Luka Modrich bilan bir jamoada yana birlashishi mumkin.
Ular ilgari "Real Madrid" safida birga o'ynashgan. Serxio Ramos qishki transfer oynasida erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin.
Biroq uning Meksika "Monterrey" klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025-yil oxirigacha amalda qoladi. Avvalroq Ramosning "Real Madrid"ga qaytishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Milan" hozirda Serie A turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ramosning agentlari futbolchini bir necha klublarga taklif qilmoqda. Ular orasida Italiya Serie A grandlaridan biri "Milan" ham bor.
Bu haqda MilanNews xabar berdi. Agar Ramos "Milan"ga o'tsa, u sobiq jamoadoshi Luka Modrich bilan bir jamoada yana birlashishi mumkin.
Ular ilgari "Real Madrid" safida birga o'ynashgan. Serxio Ramos qishki transfer oynasida erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin.
Biroq uning Meksika "Monterrey" klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025-yil oxirigacha amalda qoladi. Avvalroq Ramosning "Real Madrid"ga qaytishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Milan" hozirda Serie A turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













