Ikki darvozabon 'Manchester Siti'dan ketmoqchi

Ikki darvozabon 'Manchester Siti'dan ketmoqchi
'Manchester Siti' darvozabonlari Jeyms Trafford va Shtefan Ortega qishki transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Jek Gogan xabar berdi.

Trafford yozda ijaradan ('Byornli' klubidan) qaytgach, unga birinchi raqamli darvozabon o'rni va'da qilingan edi. Biroq, keyinchalik klub Janluiji Donnarummani o'z safiga qo'shib oldi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Trafford barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushdi, yetti gol o'tkazib yubordi va ikki bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 33 yoshli Ortega esa hali birorta ham o'yinda qatnashmadi.

13 turdan so'ng 'Manchester Siti' Premer-ligada 25 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.