Salah Afrika Kubogi sabab 8 o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Salah Afrika Kubogi sabab 8 o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Misr terma jamoasi yulduzi Muhammad Salah Afrika Kubogiga tayyorgarlik ko‘rish uchun dastlabki tarkibga kiritildi. Turnir 21-dekabr kuni boshlanib, 18-yanvarga qadar davom etadi.

Biroq «Liverpul» yetakchisi musobaqadan ancha oldin jamoasini tark etishi mumkin, chunki FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchilar turnir boshlanishidan taxminan ikki hafta avval milliy jamoalarga qo‘shilishi kerak. Misr terma jamoasi Afrika Kubogi oldidan yig‘in o‘tkazishni rejalashtirgan.

14-dekabr kuni ular Nigeriya bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazadi, shundan so‘ng, 17-dekabr kuni jamoa Marokashga yo‘l oladi va tayyorgarlikni yakunlaydi. Shu bilan birga, Liverpool Echo nashrining yozishicha, «Liverpul» klubi 33 yoshli vingerni hech bo‘lmasa 13-dekabr kuni «Brayton»ga qarshi o‘yinga qadar saqlab qolishni xohlamoqda.

Muhammad Salah APL doirasidagi kamida uchta o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq. Agar Misr terma jamoasi turnirda uzoq masofaga yetib borsa, futbolchi jami sakkizta o‘yinda ishtirok eta olmasligi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.