Borussiya Anselminoni saqlab qolmoqchi

Borussiya Anselminoni saqlab qolmoqchi
Argentina himoyachisi Aaron Anselmino Dortmundning "Borussiya" klubida doimiy asosda qolishi mumkin. Bu haqda Sport 1 xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Borussiya" rahbariyati 20 yoshli futbolchining o'sishidan juda mamnun. "Chelsi" futbolchisi hozirda "ariqlar" safida ijarada to'p surmoqda.

Klub rahbariyati Anselminoni uzoq muddatga saqlab qolish rejalarini ko'rib chiqmoqda. Anselmino "Borussiya" safida barcha musobaqalarda 7 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urgan va 1 golli uzatma bergan.

Anselminoning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha tuzilgan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining qiymatini 8 million yevro atrofida baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.