Albertoni: "Milan katta loyihani qurmoqda"

Albertoni: "Milan katta loyihani qurmoqda"

Albertoni: "Milan katta loyihani qurmoqda"
Italiyaning \"Milan\" klubi sobiq futbolchisi Demetrio Albertoni yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri qo\'l ostidagi jamoaning natijalaridan yoqimli hayratga tushganini yashirmaydi. Albertonining fikricha, bu jiddiy loyiha haqida so\'z bormoqda.

\"Turnir jadvalida \"Milan\"ni birinchi o\'rinda ko\'rish juda yoqimli. To\'g\'ri, hali oldinda ko\'p o\'yinlar bor va kurash juda qizg\'in kechadi.

Ammo hozirgacha bu kutilmagan va yoqimli holat, nimadir muhim narsa qurilmoqda, loyiha\", - deya Albertonining so\'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib o\'tamiz, \"Milan\" oxirgi bor 2022 yilda Italiya chempioni bo\'lgan edi – o\'shanda bu muvaffaqiyatga Stefano Pioli rahbarligida erishilgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.