Barselona Shlotterbekni nishonga oldi


Dortmundning \"Borussiya\" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Agar 26 yoshli nemis futbolchisi shartnomani yangilashdan bosh tortsa, kelasi yozda u Dortmundni maqbul narxda tark etishi mumkin. Futbolchiga \"Barselona\" klubi va ayniqsa jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qiziqish bildirmoqda.
Flik Shlotterbekning o\'yin uslubini yuqori baholaydi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Shlotterbekning \"Borussiya\" bilan shartnomasi 2027 yil yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million yevro deb baholagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













