Noyer: "Kelajakka shoshilishni istamayman"


39 yoshli \"Bavariya\" darvozaboni Manuel Noyer yana bir bor klub bilan shartnomani uzaytirish masalasiga toʻxtaldi. \"Bu borada shoshilishni xohlamayman.
Muhimi, oʻzimga savol berish: \"Tanam qanday ahvolda? Sogʻligim qanday?
Faoliyatni davom ettirishning ma\'nosi bormi?\" Buni aniqlash uchun biroz vaqt kerak,\" — dedi Noyer Sky Sport Germany nashriga bergan intervyusida. Noyer 2011 yildan buyon \"Bavariya\" sharafini himoya qilib keladi.
Joriy mavsumda u barcha turnirlarni hisobga olganda 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol oʻtkazib yubordi va 6 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Darvozabonning \"Bavariya\" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













