Gvardiola Fodenning “Manchester Siti”dagi kelajagi haqida gapirdi


“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Fil Fodenning kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “Fil – o‘zgacha futbolchi.
Umid qilamanki, u butun faoliyatini “Manchester Siti”da o‘tkazadi. Kelajakda u jamoaning sardori bo‘lishi mumkin.
Maydonda u doimo yetakchi bo‘lib, mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Foden ajoyib xarizmaga ega,” – dedi ispaniyalik mutaxassis klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
2025/2026-yilgi mavsumda hujumkor yarim himoyachi “Manchester Siti” safida 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













