Rafinya sentyabrdan beri ilk bor gol urdi

Rafinya sentyabrdan beri ilk bor gol urdi
Barselona vingeri Rafinya Dias La Liganing 15-turi doirasida o'tgan Madridning Atletiko klubiga qarshi o'yinda hisobni tenglashtirdi. "Matraschilar" 19-daqiqada Aleks Baenaning goli evaziga oldinga chiqqan edi, biroq kataloniyaliklar tezda javob qaytarishdi.

Rafinya aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Bu braziliyalik futbolchining sentyabr oyining o'rtalaridan buyon ilk goli bo'ldi.

O'shanda u Valensiyaga qarshi bahsda (6:0) dubl qayd etgan edi. Sentyabr oxirida 28 yoshli futbolchi jarohat olib, faqat noyabr oxirida safga qaytdi.

Ayni damda "Barselona" – "Atletiko" o'yini 1:1 hisobida davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.