Mbappe Yevropaning top ligalarida yetakchi bo‘ldi

Mbappe Yevropaning top ligalarida yetakchi bo‘ldi
Chorshanba kechasi La Liga doirasida "Atletik" va "Real" jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Madrid klubi tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi – o‘yinning yettinchi daqiqasida Kilian Mbappe gol kiritdi.

Fransiyalik yulduz hujumchi raqib jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berdi va golga erishdi. Bu zarba Mbappe uchun ushbu mavsumda barcha turnirlardagi jarima maydonidan tashqaridan urilgan beshinchi gol bo‘ldi.

2025/2026-yilgi mavsumda Kilian Yevropaning top-5 ligalari futbolchilari orasida bu borada yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Opta statistik portali xabar berdi.

"Atletik" va "Real" o‘rtasidagi o‘yinni to‘liq matnli translyatsiya orqali LiveResult portalida kuzatib borishingiz mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.