Foden faoliyatini Siti bilan davom ettiradi

Foden faoliyatini Siti bilan davom ettiradi
Fil Foden ajoyib sport formasida. "Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi soʻnggi ikki Premyer-liga oʻyinida dubl qayd etdi.

TEAMtalk nashrining xabariga koʻra, "Manchester Siti" Foden bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muhim qadam tashlagan. 25 yoshli futbolchi oʻzining tugʻilgan klubida qolishni xohlaydi va boshqa joyda oʻzini tasavvur qilmaydi.

Amaldagi shartnoma Fodenni "Manchester Siti" bilan 2027-yilning oʻrtalarigacha bogʻlab turadi. Klub esa futbolchi bilan yangi kelishuvni iloji boricha tezroq rasmiylashtirishni istamoqda, bu esa keraksiz mish-mishlarning oldini olishga yordam beradi.

"Manchester Siti" yaqinlashib kelayotgan oʻyinni 6-dekabr, shanba kuni oʻz maydonida "Sanderlend"ga qarshi oʻtkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.