Liverpul Slot uchun qarorini ma'lum qildi

Liverpul Slot uchun qarorini ma'lum qildi
Chorshanba kuni "Liverpul" o'z maydonida "Sanderlend" bilan durang o'ynab, g'alaba qozona olmadi (1:1). "Qizillar" faqat 81-daqiqada raqibning avtogoli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.

Indykaila News ma'lumotiga ko'ra, o'tgan hafta bo'lib o'tgan shoshilinch yig'ilishda "Liverpul" rahbarlari Arne Slotga natijalar yaxshilanmasa, iste'foga chiqarilishi mumkinligini ma'lum qilishgan. Shanba kuni mersisaydliklar safarda "Lids"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Agar yana muvaffaqiyatsizlik yuz bersa, klub rahbariyati yangi yig'ilish o'tkazib, bosh murabbiyning kelajagini muhokama qiladi. "Liverpul" 14 turdan keyin 22 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallamoqda va birinchi pog'onadagi "Arsenal"dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.