UEFA Benfika muxlislariga taqiq qoʻydi

UEFA Benfika muxlislariga taqiq qoʻydi
Yevropa futboli rahbariyati qarori bilan Portugaliyaning "Benfika" klubi muxlislari Chempionlar ligasidagi keyingi safar oʻyinida oʻz jamoasini qoʻllab-quvvatlay olmaydi. Bu haqda Footboom nashri xabar berdi.

Klubning bu jazosi "Ayaks"ga qarshi oʻyinda muxlislar tomonidan pirotexnika vositalaridan foydalanilgani sababli belgilandi. Natijada "Benfika"ga "Yuventus"ga qarshi safar oʻyinida chiptalarni sotish taqiqlandi.

Jamoa rahbariyati bunday holat takrorlansa, muxlislar hatto uy uchrashuvlarida ham qattiq choralar bilan yuzlashishi haqida ogohlantirdi. 5-turdan soʻng "burgutlar" turnir jadvalida 3 ochko bilan 30-oʻrinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.