Semin: Kvicha bilan muloqot shaxsiy masala

Semin: Kvicha bilan muloqot shaxsiy masala
Taniqli murabbiy Yuriy Semin har doim Kvicha Kvaratsxeliyaning isteʼdodini eʼtirof etib kelgan va u bilan "Lokomotiv" jamoasida ishlashga muvaffaq boʻlgan. "Temiryoʻlchilar"ning sobiq bosh murabbiyi gruziyalik futbolchi haqida gapirib, hozirda "PSJ"da oʻynayotgan futbolchi bilan muloqot qilish masalasiga izoh berdi.

"Kvicha bilan hozir qanchalik tez-tez muloqot qilamiz? Bu bizning shaxsiy masalamiz.

Uning karerasi qanday rivojlanib borayotganidan juda xursandman. U eng yuqori darajada oʻynayapti va har yili oʻsishda davom etmoqda", — dedi Semin Sport24 nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, Semin Kvaratsxeliyaning "PSJ" safida Chempionlar Ligasi yaqinlashib kelayotgan finalida ishtirok etishini taxmin qildi. Oʻtgan mavsumda parijliklar ushbu musobaqada gʻolib boʻlib, finalda "Inter"ni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan edi.

Kvicha Kvaratsxeliya "PSJ" safida jami 49 oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma amalga oshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.