Messi: "Oilam doim yonimda bo'lgan"

Messi: "Oilam doim yonimda bo'lgan"
Inter Mayami va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi oila ahamiyati haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Mening uchun oila – bu hamma narsa, eng muhim narsa.

Ular doimo yonimda bo'lishgan, hatto og'ir damlarda ham. Biz terma jamoa bilan ko'p azob chekkanmiz.

Barselonada biz hamma narsani yutardik, ammo keyin terma jamoaga borganimda ishlar yomon kechardi va odamlar meni haqorat qilishardi. Ular mening terma jamoa libosiga nisbatan hissiyotim yo'qligini, jamoada o'ynamasligim kerakligini aytishardi.

Oilam esa bularni Argentinadagi sport dasturlarida tomosha qilishardi. Bilasizmi, hammamiz biroz mazochistmiz.

Bu mening ota-onam va opa-ukalarim uchun juda og'ir edi. Menga oila doim yonimda bo'lganidan omad kulib boqdi.

Biz juda yaqinmiz. Antonellaning oilasi bilan ham shunday.

Ularning yonimda bo'lishini yaxshi ko'raman," – dedi Messi ESPNga bergan intervyusida. Yaqinda Lionel Messi Inter Mayami bilan shartnomasini 2028-yil oxirigacha uzaytirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.