PSJ Gavi transferini ko'rib chiqmoqda


Parij Sen-Jermen \"Barselona\" yarim himoyachisi Gavi transferini ko\'rib chiqmoqda. Klub yetakchilaridan biri bo\'lgan Vitinya Madridning \"Real\" jamoasi e\'tiborini tortgan va agar \"qirollik klubi\" portugaliyalik futbolchini qo\'lga kiritsa, parijliklar ispan yarim himoyachini o\'z safiga qo\'shishga harakat qiladi.
El Nacional xabariga ko\'ra, Fransiyaning futbol grandi hozirda jarohat olgan 21 yoshli futbolchi uchun qariyb 100 million yevro to\'lashga tayyor, ammo ushbu summaning katta qismini bonuslar tashkil qilishi kutilmoqda. Gavining \"Barselona\" bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.
Transfermarkt ma\'lumotlariga ko\'ra, futbolchining narxi 40 million yevroga teng.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













