Barselona Erik Garsiya bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdi

Barselona Erik Garsiya bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdi
Barselonaning himoyachisi Erik Garsiya kataloniyalik klub bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda "koʻk-anorranglilar" matbuot xizmati xabar berdi.

24 yoshli futbolchining amaldagi Ispaniya La Ligasi chempioni bilan yangi shartnomasi 2031-yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan. Garsiya Barselona safida 2021-yilning iyulidan buyon toʻp surmoqda.

Uning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. Joriy Ispaniya chempionati mavsumida himoyachi 15 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.

15 turdan soʻng Xans-Diter Flik qoʻl ostidagi Barselona 37 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.