Barselona Arauxoga o'rinbosar izlamoqda

Barselona Arauxoga o'rinbosar izlamoqda
Barselona markaziy himoyachi Ronald Arauxoning o'rnini bosuvchi futbolchi qidirmoqchi. Urugvaylik futbolchi yaqinda Chelsi bilan bo'lgan o‘yinda 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin qizil kartochka olgani sababli ruhiy muammolarga duch kelgan.

Diario Sportning xabariga ko‘ra, agar Arauxo qishki transfer oynasi ochilguniga qadar ruhiy tiklanmasa, Barselona uning o'rniga boshqa futbolchini qo'shib olishni ko'rib chiqadi. Katalon klubi prezidenti Joan Laporta yaqinda Ronald Arauxoni qo'llab-quvvatlashini bildirgan.

26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2031 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.