Karriyon: Biz pastdamiz, lekin kurashdan chiqqanimiz yoʻq

Karriyon: Biz pastdamiz, lekin kurashdan chiqqanimiz yoʻq
“Real Oviedo” bosh murabbiyi Luis Karriyon “Mallorka”ga qarshi oʻyin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Ispaniya chempionatining oʻn beshinchi tur bahsi Moskva vaqti bilan 5-dekabr kuni soat 23:00 da boshlanadi.

“Gʻalaba biz uchun nihoyatda muhim. U bizni oʻzimiz istagan pozitsiyalarga yaqinlashtiradi.

Hali oʻz maydonimizda gʻalaba qozonmadik, lekin bu safar barcha kuchimizni safarbar qilib, 3 ochkoni qoʻlga kiritishga harakat qilamiz. Jamoa sifatida yaxshi pressing qilishimiz kerak”, — deydi Karriyon klub saytiga bergan intervyusida.

“Biz turnir jadvalining quyi qismidamiz, lekin kurashdan chiqqanimiz yoʻq. Bu oʻyin biz uchun burilish nuqtasi boʻlishi kerak, lekin uni hayot-mamot masalasi deb hisoblamayman.

Agar gʻalaba qozonsak, turnir jadvalida raqibimizga yaqinlashamiz va vaziyatni boshqacha koʻramiz.” Hozirda “Oviedo” 9 ochko bilan yigirmanchi oʻrinda bormoqda, “Mallorka”da esa 13 ochko mavjud boʻlib, ular jadvalning oʻn oltinchi pogʻonasida joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.