Savichevich: Milan safida o‘ynash omadim bo‘lgan

Savichevich: Milan safida o‘ynash omadim bo‘lgan
Chernogoriyalik sobiq Yugoslaviya futbolchisi Deyan Savichevich o‘tgan asrning 90-yillarida “Milan” jamoasi safida to‘p surishni katta sharaf deb biladi. O‘sha davrda klub dunyoning eng kuchli jamoasi sifatida tan olingan edi.

Avvaliga Arrigo Sakki, keyin esa Fabio Kapello boshchiligida “Milan” futbol olamida o‘zining yuksak mavqeini mustahkamladi. “Milan”ning shon-shuhrati cho‘qqisida jamoa safida o‘ynash omadim edi.

Bu ajoyib yillar edi. Biroq o‘shanda legionerlar uchun cheklov bor edi va uch nafar niderlandiyalik futbolchi sababli men kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lardim.

Asosiy tarkibdan joy olish uchun uzoq kurashishga to‘g‘ri kelgan”, deya Savichevichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib o‘tamiz, Savichevich 1992 yildan 1998 yilgacha “Milan” safida o‘ynagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.