Richchi: Allegri jamoa tashkil qilishda eng zoʻri

Richchi: Allegri jamoa tashkil qilishda eng zoʻri
Milan tarkibida oʻzining ilk mavsumini oʻtkazayotgan Samuele Richchi klub bosh murabbiyi Massimiliano Allegriga yuqori baho berdi. Richchi Allegri haqida gapirar ekan, uning eng muhim fazilatlarini sanab oʻtdi.

"Hamma uning oʻz faoliyati davomida nimalarga erishganini biladi. Maydon tashqarisida Allegri kayfiyatni koʻtaradi va oʻziga boʻlgan ishonchni oshiradi.

Oʻylaymanki, u jamoa tashkil qilishda eng yaxshi murabbiylardan. Bundan tashqari, uning shtabi ham juda malakali," – deydi Richchining soʻzlarini keltiradi pianetamilan.it.

Hozirgi vaqtda Milan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.