Arne Slot: Optimizm uchun asos bor

Arne Slot: Optimizm uchun asos bor
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slotning fikricha, jamoaning natijalari yomon koʻrinayotgan boʻlsa-da, bu holat haqiqatdan farq qiladi. Shanba kuni mersisaydliklar yana gʻalabani qoʻlga kirita olishmadi – “Lids” bilan 3:3 hisobida durang oʻynashdi.

Angliyaning amaldagi chempionlari hisobda oldinda boʻlishgan edi, ammo ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan vaqtning oltinchi daqiqasida oʻz ustunliklarini saqlab qola olishmadi. "Bizda optimizmni saqlash uchun asoslar bor.

Balkim faqat ikki uchrashuvda raqiblar bizdan koʻproq vaziyat yaratgandir. Ammo gap bu emas.

Natijalarga erishish uchun koʻproq gol urish va kamroq gol oʻtkazish kerak", – dedi Slot Sky Sportsga bergan intervyusida. Aytilishicha, murabbiyning oʻrniga boshqa nomzodlar koʻrib chiqilmoqda.

“Liverpul” APL turnir jadvalida sakkizinchi oʻrinda bormoqda. Chempionatning soʻnggi oʻnta uchrashuvida “qizillar” faqat ikki marta gʻalaba qozonishgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.