Karlos Augusto: 'Jamoam uchun o'ynayman'

Karlos Augusto: 'Jamoam uchun o'ynayman'
Italiya chempionatining 14-tur uchrashuvlari doirasida "Inter" klubi "Komо"ni yirik hisobda magʻlub etdi. Milanning gʻalabasida toʻrtta gol urildi, ulardan biri Karlos Augustoning hisobiga yozildi.

Himoyachi uchun bu gol A Seriyadagi birinchi gol boʻldi. "A Seriyada oʻz birinchi golimni urganimdan xursandman.

Ammo bizning gʻalabamiz undan ham muhimroq. Men jamoam uchun oʻynayman va imkon qadar oʻyinni yaxshilashga harakat qilaman", – deydi Karlos Augusto fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida.

Keyingi turda "Inter" jamoasi Italiya chempionati doirasida "Jenoa"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.