Ekitike 2 gol urib, rekordni yangiladi

Ekitike 2 gol urib, rekordni yangiladi
Angliya Premer-ligasining 15-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Liverpul" jamoasi "Lids"ga qarshi kechgan o'yinning ikkinchi bo'limi boshida ikki gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Har ikkala gol muallifi fransiyalik futbolchi Ugo Ekitike bo'ldi. Qizig'i shundaki, Ekitike Angliya chempionati tarixida so'nggi 6,5 yil ichida o'yinning ikkinchi bo'limining dastlabki besh daqiqasida ikkita gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Bunga oxirgi marta 2019-yil mart oyida "Manchester Siti" futbolchisi Rahim Sterling erishgan edi. Sterling o'shanda "Uotford" darvozasiga ikki marta gol kiritgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.