Kivu: Har bir toʻp uchun kurashdik

Kivu: Har bir toʻp uchun kurashdik
Italiya chempionatida 14-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. "Inter" jamoasi "Komo" darvozasiga javobsiz toʻrtta gol kiritdi.

Shunga qaramay, Milan klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu oʻz shogirdlarining oʻyiniga nisbatan biroz tanqidiy fikrlar bildirdi. "Bundan ham yaxshiroq oʻyin koʻrsatishimiz mumkin edi.

Birinchi boʻlimda biroz bosim ostida qoldik. Toʻpni vertikal harakatlantirishda dadilroq boʻlishimiz kerak edi.

Shunday boʻlsa-da, uch ochkoni qoʻlga kiritdik. Yigitlar har bir toʻp uchun ishtiyoq bilan kurashishdi, bu menga yoqdi", – deya Kivuning soʻzlarini keltiradi fcinter1908.it.

Seriya A doirasidagi navbatdagi oʻyinda milanliklar 14-dekabr, yakshanba kuni "Jenoa" jamoasiga qarshi bahs olib boradilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.