Rüdigerning zaxirada qolish sababi maʼlum bo‘ldi

Rüdigerning zaxirada qolish sababi maʼlum bo‘ldi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Rüdiger bugungi La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kiritilmadi. 32 yoshli futbolchi noyabr oyining oxirida jarohatini tiklab, "Real"ning oldingi ikki o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushgandi.

Diario AS ma’lumotlariga ko‘ra, bosh murabbiy Xabi Alonso bu safar nemis himoyachisiga dam berishga qaror qilgan. Chunki u 10 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasidagi "Manchester Siti"ga qarshi muhim o‘yinda Rüdigerning xizmatidan foydalanmoqchi.

"Real" va "Selta" o‘rtasidagi uchrashuvni LiveResult.ru sayti orqali kuzatib borish mumkin. Uchrashuv Moskva vaqti bilan 23:00 da boshlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.