Chelsi hujumchisi 6-8 haftaga safdan chiqdi

Chelsi hujumchisi 6-8 haftaga safdan chiqdi
Chelsi hujumchisi Liam Delap yaqin haftalarda jamoasiga yordam bera olmaydi. 22 yoshli futbolchi yaqinda Bornmutga qarshi o'yinda yelkasidan jarohat oldi va shu sababli birinchi bo'limning o'rtalarida almashtirildi.

Jurnalist Alek Krukning ma'lumotiga ko'ra, ingliz futbolchisining tiklanishi olti-sakkiz hafta davom etishi mumkin. Liam Delap joriy yilning iyun oyida Ipsvichdan Chelsiga o'tgan edi.

Futbolchi Enso Mareska boshchiligidagi jamoa safida barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikki gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Jamoa seshanba kuni Chempionlar Ligasi doirasida safarda Italiyaning Atalanta jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.