Nketia 50-oʻyinda gol urdi

Nketia 50-oʻyinda gol urdi
Angliya Premer-ligasida 15-tur oʻyinlari nihoyasiga yetmoqda. "Fulxem" oʻz maydonida "Kristal Pelas"ga magʻlub boʻldi.

Ushbu oʻyinda bir yil oldin klubga qoʻshilgan va avvalgi faoliyatini Londondagi "Arsenal" klubida oʻtkazgan Eddi Nketia gol urdi. Ushbu gol bilan Nketia klub safidagi 50-oʻyinini munosib tarzda nishonladi.

"Kristal Pelas" esa turnir jadvalida toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi. Bu natija klub uchun alohida yutuq hisoblanadi.

Keyingi turda Oliver Glasner murabbiyligidagi jamoa "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.