Xabi Alonso Mastantuono haqida gapirdi

Xabi Alonso Mastantuono haqida gapirdi
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning argentinalik yarim himoyachisi Franko Mastantuononing holati haqida ma'lumot berdi. "Franko chov sohasidagi jarohatdan keyin formasini tiklashda davom etmoqda.

Mastantuonoga ko'proq ishlash kerak. U asta-sekin o'yin jarayoniga yaqinlashmoqda", - deya xabar berdi "qirollik" jamoasi matbuot xizmati ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltirib.

Mastantuono "Real" klubiga o'tgan yozda qo'shilgan edi. Uning transferi madridliklarga 45 million yevroga tushgan.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 18 yoshli yarim himoyachi to'qqizta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.