Salahning kelajagi hali noma'lum

Salahning kelajagi hali noma'lum
OAVda Muxammad Salahning “Liverpul” tarkibidan Chempionlar ligasidagi “Inter”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi haqida maʼlumot paydo bo‘ldi. Biroq, 33 yoshli misrlik futbolchi dushanba kuni jamoaning mashg‘ulotlarida qatnashgani xabar qilindi.

Sky Sports nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Salahning kelgusi taqdiri borasida yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Ammo manba Salahning jamoa bilan birga Italiyaga yo‘l olishi dargumon ekanini ta’kidlaydi.

Shu hafta oxirida Muxammad Salah bir qator keskin bayonotlar bergan edi. Misrlik futbolchi jamoaning asosiy tarkibiga qo‘shilmayotganidan norozi ekanligini ochiqchasiga bildirgan.

U joriy mavsumning qishki transfer oynasidayoq “Liverpul”ni tark etishi mumkinligini istisno qilmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.