Vulverhempton klubi antirekordni takrorladi

Vulverhempton klubi antirekordni takrorladi
"Manchester Yunayted" Premer-liganing 15-tur uchrashuvida "Vulverhempton"ni yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu natija "boʻrilar" uchun joriy mavsumdagi ketma-ket sakkizinchi magʻlubiyatni anglatadi.

Bu esa klub tarixidagi antirekordni takrorlashga olib keldi. 1981-yil dekabridan 1982-yil fevraliga qadar "Vulverhempton" Angliya futbolining oliy divizionida ham sakkizta oʻyinda magʻlub boʻlgan edi.

Agar "boʻrilar" navbatdagi oʻyinda ham magʻlubiyatga uchrasa, ular tarixdagi eng yomon seriyasini oʻrnatadi. Keyingi oʻyin Londonda "Arsenal"ga qarshi boʻlib oʻtadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.