Koloskov: Rossiya terma jamoasi yoʻq

Koloskov: Rossiya terma jamoasi yoʻq
Rossiya futbol ittifoqining faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov Rossiya terma jamoasining bugungi holati haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Bizda jamoa yoʻq.

40 nafar futbolchidan iborat tarkib bor, lekin jamoaning oʻzi yoʻq. Doimiy asosiy tarkib mavjud emas, har safar boshqa futbolchilar chaqiriladi.

Har bir oʻyin yangi tarkib bilan oʻtkaziladi", - dedi Koloskov Metaratings.ru nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning fevral oyidan boshlab FIFA va UEFA qaroriga koʻra, Rossiya milliy terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan.

Soʻnggi oʻrtoqlik uchrashuvida Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi Chili jamoasiga qarshi maydonga tushdi va mezbonlik qilgan uchrashuvda 0:2 hisobida magʻlub boʻldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.