Tottenxem Troy Perrottni qaytarishni xohlamoqda

Tottenxem Troy Perrottni qaytarishni xohlamoqda
23 yoshli "AZ Alkmaar" hujumchisi Troy Perrott yana Londonning "Tottenxem" klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

"Tottenxem" Troy Perrottni qaytarib sotib olishga qiziqish bildirmoqda. U ushbu klub tizimida 2017 yildan 2024 yilgacha bo'lgan davrda faoliyat olib borgan.

Angliya klubi futbolchi uchun 35 million yevro taklif qilishga tayyor. Yodga olish joiz, 1,5 yil avval "Tottenxem" Perrottni 4 million yevroga "AZ Alkmaar"ga sotgan, biroq transfer shartlariga ko'ra 20% huquqni o'zida saqlab qolgan edi.

Hozirda Perrott ajoyib mavsumni o'tkazmoqda. U barcha musobaqalarda 19 o'yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining golland klubidagi shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.