Endrik maydonga tushmay qizil kartochka oldi


Madridning \"Real\" klubi hujumchisi Endrik yakshanba kuni \"Selta\"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasdan qizil kartochka oldi. Uchrashuv 0:2 hisobida \"Real\"ning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
64-daqiqada Frang Garciya, 92-daqiqada esa Alvaro Karresas qizil kartochka oldi. Zaxira o‘rindig‘ida ham vaziyat tinch bo‘lmadi.
Madrid Universal xabariga ko‘ra, Endrik texnik zonani tark etib, zaxira hakamiga baqirgan. Uni tinchlantirish uchun murabbiylar shtabi xodimlari aralashishga majbur bo‘lishdi.
Shu sababli, 91-daqiqada braziliyalik futbolchi qizil kartochka bilan jazolandi. Joriy mavsumda Endrik faqat bitta uchrashuvda ishtirok etgan.
Yaqin vaqt ichida, ehtimol, futbolchi \"Lion\" klubiga ijaraga yuboriladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













